23:26 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Avtomobil Deu Neksiya

Foydalanilgan avtomobillar bozorida Nexia – 10 oʻrinda

Stringer
Dunyoda
Havola olish
85310

Rossiyaning foydalanilgan avtomobillar bozorida Daewoo Nexia haligacha xaridorlar orasida ommaviy ekani maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 20 okt – Sputnik. Daewoo Nexia Rossiyaning ikkilamchi avtomobil bozorida eng koʻp sotilayotgan avtomobillar oʻntaligiga kirdi, Avtostat tahliliy agentligi xabariga koʻra.

Avtostat xabariga koʻra, 2019 yilning 9 oyida Rossiya foydalanilgan avtomobillar bozorida umumiy hisobda 2 876 700 dona avtomobil sotilgan. Bu oʻtgani yilga nisbatan 1 % koʻp. F.B. avtomobillar orasida eng koʻp sotilgan model – Ford Focus - 98 mingta, ikkinchi oʻrinda - Hyundai Solaris – 78 mingta va 3-oʻrinda Toyota Corolla - 76,4  mingta.

Toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlarni KIA Rio (73 ming) va Toyota Camry (60,3 ming) avtomobillari egallagan. Keyingi oʻrinlarda Renault Logan - 57,4 ming dona, Chevrolet Niva - 54,3 ming dona, Opel Astra - 45,9 mingta, Volkswagen Polo - 44,3 minga dona va 10-oʻrinda Daewoo Nexia - 40,2 mingta avtomobil.

Asosiy mavzular