Zelenskiyga o‘xshash O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada mashhur bo‘lmoqda

© DarakchiUzbekistanes stal populyarnim iz-za sxodstva s Zelenskim - foto
Uzbekistanes stal populyarnim iz-za sxodstva s Zelenskim - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Men uni oldin tanimasdim, prezident bo‘lganidan keyin tanidim, deydi Zelenskiyning o‘zbekistonlik qiyofadoshi.  

TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Moskva metrosida Zelenskiyning qiyofadoshi topildi, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVlari.

© YouTubeUzbekistanes stal populyarnim iz-za sxodstva s Zelenskim - foto
Zelenskiyga o‘xshash O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada mashhur bo‘lmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistanes stal populyarnim iz-za sxodstva s Zelenskim - foto

Ma’lum bo‘lishicha uning ismi Umid ekan, u asli o‘zbekistonlik bo‘lib, bir necha yol oldin Moskvaga oilasi bilan ko‘chib kelgan. Ayni damda avtomobil ustaxonasida malyar bo‘lib ishlaydi.   

“Metroda ishga ketayotganimda kimdir suratga tushirib olgan. 2016-2017 yillarda menga do‘stlarim sen yumorist Zelenskiyga o‘xshaysan deb aytishardi. Men o‘shanda uni tanimasdim, prezident bo‘lganidan keyin tanidim”, - deydi Umid.

Umidning Zelenskiyga o‘xshashligi haqidagi rasm OAVlarda ilk bor avgust oyida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Dmitriy Kovalenko ismli foydalanuvchi ushbu rasmni “Mana haqiqiy prezident, qo‘riqchilarsiz ishga ketayapti” degan izoh bilan Facebookka joylashtirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0