20:23 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Glava Chechni Ramzan Kadыrov

Ramzan Qodirov “ISHID”chilarga qabristondan joylarni vaʼda qildi

© Sputnik / Said Tsarnayev
Dunyoda
Havola olish
71920

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Islom davlati” terrorchilariga qarshi javob qaytarishga tayyorligini bildirdi.

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Ramzan Qodirov Checheniston Suriyadan Shimoliy Kavkaz hududiga kelishi mumkin boʻlgan “Islom davlati” terrorchilariga qarshi javob qaytarishga tayyorligini bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz mamnuniyat bilan ularni qabul qilamiz. Bu teatr chiptasi yoki qabristondan joy boʻladimi – hozircha nomaʼlum”, - deb hazillashdi Qodirov “Katta oʻyin” dasturi efirida.

Uning soʻzlariga koʻra, Checheniston mamlakat xavfsizligini taʼminlay oladi, buning uchun respublikada maxsus boʻlinmalar tayyorlangan.

Shuningdek, u Rossiya qoʻshinlari Suriyani "tartibga keltirishga" qodirligini bildirdi.

Rossiya harbiy kuchlari 2015 yildan beri prezident Bashar Asadning iltimosiga binoan Suriyada terrorchilarga qarshi kurashishda yordam berib keladi.

9 oktyabr kuni Anqara Suriyaning shimolidagi kurdlarga qarshi operatsiyani boshladi, bu mintaqadagi kuchlar tarkibini oʻzgartirishga va jangarilarning migratsiyasining xavfini kuchayishiga olib keldi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular