13:51 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Yelbasы Nursultan Nazarbayev i prezident RK Kasыm-Jomart Tokayev na forume partii Nur Otan

Nazarboyevning vakolatlari kengaytirildi

Sputnik / Vladislav Vodnev
Dunyoda
Havola olish
40010

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat hokimiyati organlari tizimidagi kadrlar siyosati sohasidagi vakolatlarini kengaytirish haqidagi qarorni imzoladi.

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat hokimiyati organlari tizimidagi kadrlar siyosati sohasidagi vakolatlarini kengaytirish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Sputnik Qozogʻiston xabar qildi.

Hujjat axborot-huquqiy tizimida chop etildi.

Qarorga koʻra, tashqi, ichki ishlar, mudofaa vazirlaridan tashqari vazirlarni tayinlashda prezident Xavfsizlik kengashi raisi, yaʼni Nursulton Nazarboyev bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.

Qozogʻiston prezidentiga bevosita boʻysunadigan va hisobot beradigan davlat organlari rahbarlarini tayinlash ham Xavfsizlik Kengashi rahbari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.

Prezidentga bevosita boʻysunadigan tuzilmalarga - davlat maʼmuriyati rahbari, bosh prokuratura, milliy xavfsizlik qoʻmitasi, korruptsiyaga qarshi kurash va davlat xizmati boʻyicha agentligi, milliy bank, respublika gvardiyasi, tashqi razvedka xizmati, prezident xavfsizligi xizmati, Respublika byudjeti ijrosi monitoringi boʻyicha hisob qoʻmitasi, prezident devoni, korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi kiradi.

Shu bilan birga, Xavfsizlik Kengashi raisi bilan kelishilgan holda viloyat, respublika ahamiyatiga ega shahar va poytaxt hokimlari tayinlanadi.

Bundan tashqari, oʻzgarishlar Xavfsizlik Kengashi kotibini tayinlashga ham taʼsir qildi. Avvalroq, prezident ushbu lavozimga oʻz maʼmuriyati rahbarining taqdimnomasiga (tavsiyasiga) binoan tayinlangan edi. Endi Xavfsizlik Kengashi kotibi tayinlanishi kengash raisi bilan kelishilgan boʻlishi kerak.

Sal kam 30 yil davomida Qozogʻistonni boshqargan Nazarboyev 2019 yil 20 martda prezident vakolatlarini topshirgandi. Davlat rahbari ilgari parlamentning senati raisi boʻlgan Tokayev boʻldi.

Nazarboyev Xavfsizlik Kengashi rahbari va "Nur Otan" partiyasining rahbari lavozimlarini saqlab qoldi.

Asosiy mavzular