14:53 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Voyenno-transportnыy Vertolet armii SSHA

AQSH Afgʻonistondan ikki ming askarni olib chiqdi

© Flickr/ U.S.Army Photo/Sgt. Duke Tran
Dunyoda
Havola olish
321 0 0

Afgʻonistonda AQSH qoʻshinlari soni ikki ming kishiga kamaytirdi. Ushbu chora toliblar bilan erishilmagan kelishuvlarga qaramay qabul qilindi.

TOSHKENT, 21 okt – Sputnik. AQSH Afgʻonistondagi harbiy ishtirokini qisqartirishni boshladi va "Tolibon"* radikal harakati aʼzolari bilan kelishuvga erishilmasa ham, ikki ming askarini olib chiqib ketdi. Bu haqda New York Times xabar qildi.

Ushbu maʼlumotni NATOning Afgʻonistondagi missiyasi qoʻmondoni general Ostin Skott Miller tasdiqladi. Uning taʼkidlashicha, Afgʻonistondagi AQSH qoʻshinlari oʻn ikki ming kishiga qisqartirilgan.

Avvalroq, AQSH Markaziy qoʻmondonligi boshligʻi general Jozef Votel, AQShning Afgʻonistondagi kontingentini, toliblar bilan tinchlik bitimlariga erishishiga qaramay, kamaytirish niyati borligini eʼlon qilgan edi.

Shuningdek, AQSH Mudofaa vaziri Mark Esperning soʻzlariga koʻra, AQSH Afgʻonistondagi harbiylar sonini 8,6 ming kishiga qisqartirishi mumkin.

Shu bilan birga, qisqartirish "Al-Qoida" va "Islom davlati" terrorchilik guruhlariga qarshi aksilterror operatsiyasiga zarar yetkazmaydi deb ishontirdi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi oylarda AQSH toliblar bilan Afgʻonistonda muzokaralar olib bormoqda. AQSH rasmiylari Qatarda toliblar bilan toʻqqiz raund muzokaralarini oʻtkazishdi. Biroq muzokalar natijalari boʻyicha tomonlar oʻrtasida tinchlik bitimi imzolanmadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular