Turkiyalik hazilkash oshpaz Habibni qo‘rqitdi – video

© InstagramTureskiy povar napugal Xabiba Nurmagomedova svoim fokusom - video
Tureskiy povar napugal Xabiba Nurmagomedova svoim fokusom - video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyalik doim jilmayib taom pishiruvchi oshpaz - Burak Ozdemir o‘zining fokusklari bilan Habib Nurmagomedovni qo‘rqitib yubordi.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. UFC mutlaq chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda turkiyalik doim jilmayib turuvchi oshpaz Burak Ozdemirning oshxonasiga tashrif buyurdi.

Instagramda paydi bo‘lgan videolarga qaraganda, Ozdemir bir necha bor Habibni qo‘rqitib yuborgan. Shuningdek oshpaz Habib va uning do‘stlarini tovuq go‘shti va sabzavotlardan pishirilgan taomlar bilan siylagan. Uchrashuv so‘ngida Ozdemir “Habib” deb yozulgan non sovg‘a qilgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Habib Nurmagomedov Toshkentda 23-noyabr kuni GFC20 – aralash yakkakurash bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi. Unda O‘zbekiston va Rossiyadan bir necha yakkakurash ustalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0