“Ham arzon, ham soz”: Zaxarova Sukerbergning so‘zlariga baho berdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel MID Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mariya Zaxarova Facebook asoschisining Rossiya, Xitoy va Eron AQShda 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga “aralashishga urinayotgani” haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Mark Sukerbergning Rossiya, Xitoy va Eron AQShda 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayoniga “aralashishga urinayotgani” haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

“Mana sizga “ijtimoiy tarmoqlardagi feyk-nyuz”. Ham arzon, ham soz”, - deya yozgan Zaxarova o‘zining rasmiy sahifasida.

Avvalroq Facebook kompaniyasi asoschisi va rahbari Mark Sukerberg “NBC News” telekanaliga bergan intervyusida  Rossiya, Xitoy va Eron AQShda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan saylovlarga “aralashishga urinayotganini” ma’lum qilgan edi.

Zdanie MIDa Ukraini s natsionalnim flagom Ukraini i flagom YeS - Sputnik O‘zbekiston
Tramp advokati: qo‘limda Kiyev AQSh prezidenti saylovlariga aralashganini isbotlovchi dalil bor

21 oktabr kuni Facebook ayrim Eron va Rossiya akkauntlarini bloklab qo‘ydi. Ta’kidlanishicha, bloklash xorijiy ta’sirga qarshi kurashish doirasida amalga oshirilgan.

AQShning sobiq maxsus prokurori Robert Muller ikki yil davomida 2016-yil saylovlariga “Rossiyaning aralashuvi” ishini tergov qilgan edi va Donald Tramp va uning xodimlari 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmagan edi.

“Albatta aralashamiz”: Putin hazil tariqasida AQSh saylovlariga aralashishni va’da berdi

Yangiliklar lentasi
0