Putin vizitkasi ikki million rublga sotilmoqda

© Sputnik / Michael Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin na vstreche s pobeditelyami vserossiyskogo konkursa "Semya goda"
Prezident RF Vladimir Putin na vstreche s pobeditelyami vserossiyskogo konkursa Semya goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning 20-yil avval Sankt-Peterburg shahar hokimiyati tashqi aloqalar bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimida ishlagan paytda tashrif qog‘ozi 2 million rublga sotuvga qo‘yildi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning 20-yil oldin Sankt-Peterburg shahar hokimiyatining tashqi aloqalar bo‘yicha qo‘mita raisi sifatida ishlagan paytida tashrif qog‘ozi maxsus internet-resursda 2 million rublga sotuvga qo‘yildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Korolevskiy priyem: Putin v Saudovskoy Aravii o vizax, torgovle, nefti i kosmose - Sputnik O‘zbekiston
Shoxona qabul va sovg‘a: Putin Saudiya Arabistonida qanday kutib olindi

"Vladimir Putin – chairman. City of St.-Petersburg. Office of the Mayor. External Affairs committee", - deb yozilgan vizitkada.

“Vladimir Putin vizitkasi, otam qo‘mita raisi bo‘lgan vaqtda berilgan. Bu vizitka karta qutichasida 20-yildan ortiq vaqt saqlandi. Sifati yaxshi”, - deb yozilgan e’londa.

Foydalanuvchilar e’lonni besh mingdan ortiq marta ko‘rib chiqishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan taqdim etilgan soat O‘zbekistondagi xususiy e’lonlar saytlaridan birida sotuvga qo‘yilgandi. E’lon muallifi mukofot soati uchun 300 dollar so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0