“Zamin go‘zali - 2019” finalida qozog‘istonlik supermodel ishtirok etadi – foto

© AP Photo/Bullit MarquezUchastnisi konkursa "Miss Zemlya"
Uchastnisi konkursa Miss Zemlya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filippinda “Zamin go‘zali-2019” xalqaro go‘zallik tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkaziladi. Unda 85 ta davlatdan ayollar ishtirok etadi.

TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Filippinda nufuzli go‘zallik tanlovlarning biri - “Zamin go‘zali-2019” tanlovining final bosqichi 26-oktabrda o‘tkaziladi.

Unda qozog‘istonlik model Altinay Asenova ishtirok etadi. U Qozog‘iston-britaniya texnik universiteti talabasi – Moskvada o‘tkazilgan Miss World Beauty 2017 “Supermodel” unvoni sohibi.  

Xalqaro tanlovda dunyoning 85 ta davlatidan ayollar ishtirok etadi.

Dunyo mamlakatlaridan kelgan ishtirokchilar turli qabullar, ekologik va hayriya aksiyalarda qatnashmoqda.

Final bosqich uch kundan keyin o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirokchilar tayyorlagan chiqishlar va liboslarni namoyish qiladi, shu jumladan, milliy liboslarda chiqishlar bo‘ladi.

2019 yil tanlovining asosiy mavzusi – gullar. Asenova lola obrazida sahnaga chiqadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Altynay Assenova (@assenova_altynay)

Yangiliklar lentasi
0