Dubaydagi lotereyada qozog‘istonlikka bir mln dollarlik yutuq chiqdi

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dubaydagi lotereyada Qozog‘iston fuqarosi 1 mln dollar yutib oldi. Lekin tashkilotchilar u bilan bog‘lana olmayapti.

TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan Dubai Duty Free lotereyasida Qozog‘iston fuqarosi Husayn Yeremeshevga million dollarlik yutuq chiqdi, deb xabar qildi Gulf News nashri.

Lotereya  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda madaniyat va san’at lotereyasi tashkil qilinadi

Ta’kidlanishicha, Yeremeshev lotereya biletini onlayn sotib olgan. Tashkilotchilar bu xush xabarni aytish uchun unga qo‘ng‘iroq qilgan, biroq bog‘lana olmagan.

Shuningdek, hindistonlik Kamalasanan Nadar Vasu ham 1 million dollar yutib oldi. 56 yoshli Vasu Dubayda qariyb o‘ttiz yildan beri yashaydi.

O‘tgan yili Dubayda qirg‘izistonlik ayol “orzu uyini” solib olish uchun 136 ming dollar yutib olgandi.

Yangiliklar lentasi
0