Futbol sharhlovchisi Shomurodovni maqtayman deb millatchilik qilib qo‘ydi

© RPLEldor Shomurodov priznan luchshim igrokom RPL
Eldor Shomurodov priznan luchshim igrokom RPL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodov haqida gapirganda millatchilikka yo‘l qo‘ygan rossiyalik sharhlovchi futbol muxlislari g‘azabiga duchor bo‘ldi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Rossiyaning eng kuchli futbol klublaridan biri hisoblangan “Zenit” jamoasiga yaqin bo‘lgan futbol sharhlovchisi Gennadiy Orlov, Sport ekspress gazetasiga bergan intervyusida yaxshigina “qovun tushirdi”. U Eldorni maqtamoqchi bo‘lib, o‘zbek millati va rossiyaliklarni noo‘rin solishtirdi...

“Menga Shomurodov juda yoqadi. Bilasizmi nimaga? U o‘zbek bo‘lsa ham, uning futbol intellekti rossiyalik forvardlarnikidan baland. Bu borada u bilan faqat Dzuba tenglashishi mumkin”, - dedi Orlov.

Ushbu intervyuning aynan shu joyi boshqa OAVlar tomonidan ham chop etildi va Rossiya jamoatchiligi, futbol ishqibozlari orasida katta shov-shuv va noroziliklarga sabab bo‘ldi. Bir necha sport va futbolga bag‘ishlangan saytlarda Orlovning ushbu so‘zlarini qoralovchi juda ko‘plab izohlar qoldirildi.

Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston
Shomurodov van Basten uslubida gol urdi - video

Ayrimlar Orlov hech kimni xafa qilishni istamaganini aytsa-da, aksariyat uning ushbu so‘zlarini qattiq tanqid ostiga olgan. Ushbu intervyu ostiga qoldirilgan izohlarda o‘quvchilar Orlov haqida “qari tentak”, “millatchi”, “axmoq”, “uni nafaqaga yuborish kerak” qabilida izohlar qoldirgan. Lekin izohlar orasida eng ko‘p layk olgani "Shu so‘zlari bilan u butun bir xalqni kamsitganidan xabari bormi?",  "Orlovning o‘zi yahudiy, lekin aqlan rossiyalik sharhlovchi” degan izohlar bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov ayni damda Rossiya premyer ligasi o‘yinlarida 10 ta gol urib RPL hujumchilar orachida eng yaxshi natija ko‘rsatmoqda. Bir necha kun oldin Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Cherchesov Shomurodovning o‘zbekistonlik ekanini bilmagan futbol muxlislari undan Eldorni terma jamoaga kiritishni talab qilayotgani haqida aytib bergan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0