22:55 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (49)
94440

Bryusselda Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiyasi Butunjahon savdo tashkiloti qoidalariga mos keladi.

TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Rasmiy Bryussel Oʻzbekiston hukumatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Butunjahon savdo tashkilotiga qoʻshilish boʻyicha bir vaqtning oʻzida muzokara olib borish istagi bilan bogʻliq muammoni koʻrmayapti, deb aytdi Markaziy Osiyo boʻyicha YEI maxsus vakili Piter Burian.

Bundan avval AQSH savdo vazirligi oʻz saytida vazir Uilbur Rossaning bayonotini eʼlon qildi. Unda aytilishicha, Oʻzbekiston YEOIIga intilishi mamlakatning JSTga aʼzo boʻlish jarayoni qiyinlashtirishi mumkin.

Vashingtonda oʻtkazilgan amerika-oʻzbek savdo palatasi forumida Ross bu bayonotni aytdi.

Burian AQSH savdo vazirining soʻzlarini izohlarkan, “Biz buni bunday koʻrmayapmiz. Biz Markaziy Osiyoning koʻplab davlatlari YEOIIga aʼzo boʻlganini koʻryapmiz”, - deb taʼkidladi.  

Burian Nukusda Orolboʻyi muammolariga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyada ishtirok etmoqda.

Yevropa Ittifoqining maxsus vakili Bryussel Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi masalasi JST qoidalariga mos keladi deb ishonishini aytdi.

"Biz aytamiz: umumiy qoidalarda kiritilgan integratsiya jarayonlari – maʼqul deb qaraladi", - deb qoʻshimcha qildi Burian.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (49)

Asosiy mavzular