22:53 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
62210

Yaponiyada markaziy bozorlardan birida “tenkafubu” navli xurmoning ikki donasi 700 ming iyenga (6,5 ming dollar) sotildi.

TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. Yaponiyaning Nagoya shahridagi markaziy bozorda “tenkafubu” navli xurmo ikki donasi 700 ming iyenga (6,5 ming dollar) sotildi. Bu haqda RIA Novosti NHK telekanaliga asosan xabar qildi.

“Tenkafubu” nomini Yaponiya tarixidagi eng buyuk va mamlakatni birlashtirgan davlat arboblaridan biri hisoblangan Oda Nabunagi muxridagi yozuvdan olgan, bu xurmo ilk bor 2016 yilda sotuvga qoʻyilgan edi.

U vaqtda uning maksimal narxi 320 ming iyen (3 ming dollar) boʻlgan. Bir dona xurmoning ogʻirligi 300 gramm. “Tenkafubu” navini yetishtirish uchun 11 yil ketgan.

Sotilgan xurmo tarkibida shakar Briks shkalasi boʻyicha 25 darajaga koʻp, oddiy xurmolarda esa shakar miqdori 15-16 darajani tashkil qiladi.

Xaridorning ismi oshkor etilmayapti.

Eslatib oʻtamiz, shu yil yozida Yaponiyada dunyoda eng qimmat boʻlgan -  Ruby Roman navli uzumning bir boshi 1,2 million iyenga (11 ming dollar) sotilgandi.

Asosiy mavzular