Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Medvedev O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi bo‘yicha AQSh vaziri so‘zlariga javob qaytardi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedaniyax Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Premyer-ministr RF D. Medvedev prinyal uchastie v zasedaniyax Soveta glav pravitelstv SNG i Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ehtimol "okean ortidagi hamkasblar"ga Rossiya va O‘zbekiston imzolashi mumkin bo‘lgan kelishuvlar va integratsiya jarayonlari yoqmayapti deb taxmin qildi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

TOShKENT, 25 okt – Sputnik. AQSh savdo vazirining O‘zbekiston haqida bayonoti raqobatbardosh bo‘lmagan kurash usullaridan foydalanish deb qaralishi mumkin, deb takidladi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Yevroosiyo hukumatlararo kengash yig‘ilishida. RIA Novosti xabariga asosan.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa ittifoqi Toshkentning YeOII va JSTga qo‘shilishida muammoni ko‘rmayapti

Chorshanba kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-amerika biznes-forumi doirasida AQSh savdo vaziri Uilbur Ross O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shib olinishi mamlakatning Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonini sezilarli qiyinlashtirishi mumkinligi haqida bayonot qildi.

“Bugun AQShdan ... vazirlardan biri...  O‘zbekiston Yevroosiyo ittifoqi bilan hamkorlik qilsa, O‘zbekistonga JTSga kirishini qiyinlashtiradi deb aytdi. Bu yerda nima aytish mumkin? Bu, shubhasiz, raqobatbardosh bo‘lmagan kurash usullarini qo‘llashdir, va dunyo savdosini tashkil qilishda chalkashliklarni keltirib chiqaradigan, savdo urushlarini olib boradigan va xalqaro savdoni tartibsizlantiradigan Amerika ma’muriyatining bu bayonotlarini eshitish g‘alati”, - dedi Medvedev.

Bosh vazir taxminiga ko‘ra, ehtimol "okean ortidagi hamkasblar"ga Rossiya o‘z qit’asi hududida integratsiya jarayonlari va imzolayotgan kelishuvlar yoqmayapti. Biroq, Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, shubhasiz barcha yo‘nalishlarda ish davom ettiriladi.

Ilgariroq, Oliy Majlis Senati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, YeOII mavzusi atrofida bo‘layotgan muhokamalarga izoh berar ekan, O‘zbekiston ochiqlik sari kursni davom ettirayotganini, biroq shoshilinch qarorlar qabul qilmasligini aytgan edi. Hukumat birinchi navbatda mamlakat manfaatlariga qarab ish tutishni ko‘zlagan. Ehtimoliy bosimga keladigan bo‘lsak, Safoyev o‘shanda bu holat istisnoligini qat’iy ta’kidlagandi.

"O‘zbekiston prezidenti - unga bosim o‘tkazish mumkin bo‘lgan inson emas, u siquvlar ta’sirida egilmaydi", - degandi senator.

Yangiliklar lentasi
0