Mudofaa vazirligi AQSh Suriyada neft kontrabandasi bilan shug‘ullanishini isbotladi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishUdari rossiyskix Vozdushno-kosmicheskix sil po kolonnam benzovozov
Udari rossiyskix Vozdushno-kosmicheskix sil po kolonnam benzovozov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning ta’kidiga ko‘ra, amerikaliklar Suriyada neftni o‘zlari sanksiya e’lon qilgan, biroq bunga qaramay yetkazib berilgan texnika yordamida qazib olmoqda.

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Mudofaa vazirligi Amerika Suriyada neft kontrabandasi bilan shug‘ullanishini isbotlovchi kosmik razvedka suratlarini e’lon qildi.

Neftanie stanki-kachalki - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda qancha neft qolgan va u qachon tugaydi?

Idora xabariga ko‘ra, fotosuratlar "Islom davlati" terrorchilari tomonidan vayron qilinguniga qadar va undan keyin ham Yevfrat ortida Suriyada AQSh harbiylari ishonchli qo‘riqlovi ostida neft faollik bilan qazib olingan va benzovozlarda yoppasiga qayta ishlash uchun Suriyadan tashqariga olib chiqilganini isbotlamoqda.

Shu tariqa, Daman neft to‘plash punktida, 23-avgust kuni olingan suratda (Dayr-az-Zor provinsiyasidan 42 kilometr sharqda), mashinalar to‘planishi qayd etilgan. "To‘qson dona avtomobil texnikasi, shu jumladan, 23 benzovoz borligi kuzatilgan", - deyilgan surat tagida qoldirilgan izohda.

Bundan tashqari, 5-sentabr kuni Xaseke provinsiyasida 25 avtomobil, shu jumladan 22ta benzovoz borligi kuzatilgan. Oradan uch kun o‘tib, 8-sentabr kuni, Dayr-az-Zor atroflarida yana 36ta mashinalar qayd etilgan (ulardan 32 tasi benzovozlar bo‘lgan). Meyadin hududida xuddi shu kuni 41 avtomobil, shu jumladan 34 benzovoz bo‘lgan.

Jangarilardan ozod qilingan Palmira shahrida Suriya bayrog‘i o‘rnatildi - Sputnik O‘zbekiston
Suriya Bosh vaziri terrorchilarni kim qurollantirayotganini aytdi

Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning ta’kidiga ko‘ra, amerikaliklar Suriyada neftni o‘zlari sanksiya e’lon qilgan, biroq bunga qaramay yetkazib berilgan texnika yordamida qazib olmoqda.

"Amerikalik harbiylar va amerika xususiy harbiy kompaniyalari qo‘riqlovi ostida benzovozlar Sharqiy Suriyaning neft dalalaridan kontrabanda yo‘li bilan boshqa davlatlar tomon yo‘l olmoqda. Karvonlarga hujum amalga oshiriladigan taqdirda maxsus operatsiya kuchlari va AQSh jangovar aviatsiyasi zudlik bilan uning himoyasiga shaylanmoqda", - dedi u.

Konashenkov so‘zlariga ko‘ra, neftni olib chiqish bilan AQSh nazoratida bo‘lgan va Sharqiy Suriya avtonom ma’muriyati qoshida tuzilgan "Sedkab" kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Kontrabandadan tushadigan foyda esa amerika xususiy harbiy kompaniyalari va maxsus xizmatlari hisob raqamlariga borib tushadi.

General-mayor shuningdek, bugungi kunda kontrabanda yo‘li bilan topilgan suriya neftining bir barreli 38 dollarga baholanishini, shunday ekan, amerika davlat xizmatlarining oylik tushimi 30 million dollardan oshishini qo‘shimcha qildi.

Rudskoy zayavil o podgotovke diversionnix grupp boyevikov SShA v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
AQSh diversantlar tayyorlab, Suriya ichiga tashlamoqda

"Bu kabi uzluksiz, amerika davlati nazorati va solig‘idan xoli bo‘lgan moliyaviy oqim uchun Pentagon rahbariyati va Lengli Suriyadagi neft quduqlarini afsonaviy "yashirin ID yacheykalaridan" uzluksiz qo‘riqlash va mudofaa qilishga tayyor", - dedi u.

Konashenkovning fikricha, Suriya sharqiy qismidagi neft dalalarini o‘z changalida ushlab, Vashington, xalqaro davlat terrorchiligi bilan shug‘ullanmoqda.

Bunday faoliyat maqsadi "Vashington tomonidan ilgari suriladigan ozodlik ideallari va terrorizmga qarshi kurash shiorlaridan ancha yiroqdir", deb ta’kidlaydi u.

"Amerika qo‘shinlari Suriyadagi uglevodorod zaxiralarini Suriyaning o‘zi va uning xalqidan qo‘riqlasin va mudofaa qilsin degan qonuniy vazifa na xalqaro huquq normalari, na amerika qonunchiligida — umuman hech qayerda yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas", - deya xotima qiladi Mudofaa vazirligi vakili.

Ilgariroq, Pentagon rahbari Mark Esper AQSh Dayr-az-Zor hududida vaziyatni o‘rganayotgani va "neft quduqlari xavfsizligini ta’minlash uchun" yaqin vaqtda u yerdagi pozitsiyalarini kuchaytirishni rejalashtirayotgani haqida bayonot bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0