15:46 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
676 0 0

Avvalroq OAVda AQSH Suriyada “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiyga qarshi maxsus amaliyot oʻtkazgani va buning natijasida u yoʻq qilingani haqidagi xabarlar paydo boʻlgandi.

TOSHKENT, 27 okt - Sputnik. Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyëv tvitterga Suriyadagi havo hujumlar aks etgan videoni joyladi, deya yozadi RIA Novosti.

Taxmin qilinishicha, aynan shu yerda “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiy yoʻq qilingan.

​Avvalroq OAVda AQSH Suriyada “Islom davlati”* terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiyga qarshi maxsus amaliyot oʻtkazgani va buning natijasida u yoʻq qilingani haqidagi xabarlar paydo boʻlgandi.

Ammo ushbu xabar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

“Reyter” agentligi maʼlumotlariga qaraganda, Suriyadagi manbalar Iroq razvedkasiga al-Bagʻdodiy yoʻq qilingani haqidagi xabarni tasdiqlashgan.

Oʻz oʻrnida AQSH prezidenti maʼmuriyati Donald Tramp yakshanba kuni muhim bayonot bilan chiqish qilishini xabar qildi. Tramp ham tvitterdagi sahifasida “juda muhim voqea” sodir boʻlgani haqida yozdi, lekin u nimani nazarda tutayotganiga oydinlik kiritmadi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Asosiy mavzular