Abdulaziz Kamilov Yevgeniy Primakovni iliq so‘zlar bilan esga oldi

© InstagramKamilov - Primakov, 1993 god
Kamilov - Primakov, 1993 god  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov Yevgeniy Primakov tavalludining 90-yilligi munosabati 1993-yilda bo‘lib o‘tgan uchrashuvni esga oldi.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov atoqli siyosatchi Yevgeniy Primakovni iliq so‘zlar bilan esga oldi.

“29-oktabr kuni xalqaro munosabatlar bo‘yicha yirik olim, atoqli siyosatchi va publitsist, benazir arabshunos va ajoyib inson, akademik Yevgeniy Maksimovich Primakov 90 yoshni qarshilagan bo‘lardi”, - deb yozgan vazir o‘zining Instagramdagi sahifasida.  

Ushbu post bilan birga Kamilov 1993-yilda olingan suratni ham  chop etgan. Surat ostiga “Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori va O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari o‘rtasidagi uchrashuv. Xavfsizlik masalalari bo‘icha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishgan edik”, - deb izoh qoldirgan.

Kamilov: voyennogo resheniya situatsii v Afganistane net - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov "Primakov o‘quvlari" forumida ishtirok etadi

Ma’lumki, 1980-yilda Abdulaziz Kamilov Sharqshunoslik instituti aspiranturasida ta’lim olgan vaqtida Yevgeniy Primakov uning ilmiy rahbari bo‘lgan.

Yevgeniy Maksimovich Primakov – ma’lumoti bo‘yicha sharqshunos. U SSSR Fanlar Akademiyasida Sharqshunoslik institutiga undan so‘ng Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutiga rahbarlik qilgan. Undan so‘ng Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari, Rossiya tashqi ishlar vaziri, Rossiya bosh vaziri lavozimlarida ishlagan.

Primakov bilan bog‘liq eng mashhur voqea 1999-yilda sodir bo‘lgan. O‘sha vaqtda u Rossiya bosh vaziri edi. Rasmiy tashrif bilan Vashingtonga yo‘l olgan Primakov AQSh Yugoslaviyani bombardimon qilishi haqida xabar topadi va darhol samolyotni orqaga qaytarishni buyuradi.

Ushbu voqeadan so‘ng Rossiya tashqi siyosati butunlay o‘zgaradi. Shu vaqtga qadar AQSh Rossiya hukumatidagi ayrim sotqin siyosatchilar yordamida Rossiyani ham NATOga a’zo qilishga umid bog‘lagan bo‘lsa, eni bu niyati mutlaq puchga chiqqan edi. Rossiya o‘z yo‘lidan - “ko‘p qirrali dunyo” yo‘nalishida rivojlanishni boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0