Iroqdagi AQSh harbiylari joylashgan bazaga ikkita raketa tushdi - OAV

© AFP 2023 / DAVID FURSTVoyennie SShA
Voyennie SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroqdagi Amerika qo‘shma shtatlari harbiy qo‘shinlari joylashgan “Taji” harbiy bazaga ikkita raketa tushdi.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Bag‘dod yaqinidagi AQSh harbiylari joylashgan “Taji” harbiy bazaga ikkita raketa tushdi. Bu haqda RIA Novosti Sky News Arabia telekanaliga asosan xabar qildi.

AQSh raketa bazasida marixuana topildi

Tavsilotlar hali ma’lum qilinmadi.

Avvalroq, Bag‘doddagi harbiy manbalar Iroq hukumati havo hujumidan mudofaa tizimini takomillashtirish bo‘yicha qator takliflarni ko‘rib chiqayotgani, ular orasida boshqa davlatlardan zamonaviy zenit-raketa tizimlarini sotib olish, shuningdek, iste’foga chiqqan zobitlar xizmatiga qaytishlari haqida xabar berishgan.

Ushbu choralar Isroil tomonidan AQSh bilan kelishilgan holda “al-Hashd ash-Shaabi” harbiy bazalariga amalga oshirilgan qator hujumlarga javoban qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0