Jirinovskiy butun insoniyat uchun tahdid manbaini aytdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPlenarnoe zasedanie Gosdumi RF
Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
LDPR fransiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy butun insoniyat xavf manbai haqida fikrlarini yozdi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarishni cheklash - ocharchilikni, tovarlar va uylarni issiqlikni ta’milash uchun kerak bo‘ladigan energiyani tanqisligini keltirib chiqaradi

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. LDPR fransiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy Davlat dumasida aqidaparat (fanatik) odamlar butun insoniyat xavf manbai bo‘lishini aytdi. Bu haqda siyosatchi o‘z telegramm-kanalida yozdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin butun insoniyat uchun bo‘lgan chaqiriqni aytdi

Jirinovskiy ta’kidlashicha, 16 yoshli shvetsiyalik faol Greta Tunbergdan ilhomlangan ko‘plab odamlar global issiqlikni sekinlashtirish kerakligi haqida aytmoqda. Biroq uning fikriga ko‘ra, ular odamzodning bir qismini yo‘q qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan usullarni targ‘ib qilishmoqda.

Ishlab chiqarishni cheklash - ocharchilikni, tovarlar va uylarni issiqlikni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan energiyani tanqisligini keltirib chiqaradi, deb hisoblaydi LDPR raisi.

Jirinovskiyning fikriga ko‘ra, insoniyat uchun zarba berish maqsadida aqidaparatlardan foydalanilmoqda, "inson huquqlarini himoya qilish va tazyiqlarga qarshi kurash mavzusi ham xuddi shu maqsadda ishlatiladi".

“Bu juda to‘g‘ri fikrlar, ular chiroyli eshitiladi, odamlar his-tuyg‘ulariga ta’sir qiladi, ammo keng ko‘lamli kampaniyalarning maqsadi butun insoniyatga zarba berish, tug‘ilishni pasaytirish va dunyo aholisini kamaytirishdir”, - deb yozgan siyosatchi.

Manfaatdor shaxslar o‘z siyosiy ambitsiyalarni hayotga tatbiq etish uchun dunyo aholisini 500 million kishiga qisqartirishga tayyor, chunki ularni boshqarish 7-8 milliardga qaraganda osonroq bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi Jirinovskiy.

Yangiliklar lentasi
0