Pomir xavf ostida: BMT dunyo muzliklari tez erishidan xavotirga tushdi

© Sputnik / Ratushenko / Mediabankka o‘tishSarezskoe ozero na Pamire
Sarezskoe ozero na Pamire - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Global isish dunyoning eng baland tog‘ cho‘qqilaridagi muzliklarning tez erishiga olib keladi. Pomir tog‘lari ham xavf ostida qolmoqda.

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Jenevada baland tog‘li hududlarga bag‘ishlangan Butunjahon meteorologik tashkilotining sammiti boshlandi, deb xabar qildi BMT.

Sarezskoe ozero v gorax Pamira. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Saroz ko‘lidan suv toshqinini oldini olish maqsadida 3,5 million dollar ajratildi

Yig‘ilishda dunyoning turli mamlakatlaridan 150 dan ortiq vakil qatnashmoqda. Unda iqlim o‘zgarishi tog‘li hududda istiqomat qiluvchilarga ta’siri, toza suv tanqisligini muhokama qilish rejalashtirilgan.

“Iqlim o‘zgarishining eng ko‘zga ko‘ringan belgilari - muzliklarni erishi, muz va qor qatlamining kamayishidir. So‘nggi yigirma yilda eng yirik 31 dona muzlik erishi tezlashdi”, - deb ta’kidladi tashkilot bosh kotibi Petteri Talas.

Aynan muzliklar insoniyat uchun toza suvning muhim manbai bo‘lib xizmat qilishi tufayli, odamlar hayot darajasi, qishloq xo‘jaligi, sanoat va transportning rivojlanishi ko‘plab yirik darolarning holatiga bog‘liq.

Tog‘li hududlar Yer yuzining to‘rtdan birini egallaydi. Statistikaga ko‘ra, u yerda 1,1 milliardga yaqin aholi yashaydi.

Bunday hududlar “dunyo suv minoralari” deb nomlanadi, chunki ular tog‘larda joylashgan bo‘lib, daryo havzalarining yuqori qismida insoniyatning yarmidan ko‘pini toza suv bilan ta’minlaydi.

BMT ekspertlari ta’kidlashicha, global isish tog‘ kiosferasiga salbiy ta’siri davom etmoqda. Bugungi kunda iqlim anomaliyalari Everest, Montblan va Kilimanjaroda ko‘rinmoqda. Bunday tendensiya toza suv bilan bog‘liq qiyinchiliklarga va oziq-ovqat ta’minoti barqarorligiga xavf soladi.

Gorniy peyzaj v rayone Sarezskogo ozera - Sputnik O‘zbekiston
Saroz ko‘lidan suv toshish xavfi yo‘q – Tojikiston FVQ

Mutaxassislar muammo nafaqat baland tog‘li hudud aholisiga, balki quyi oqimning past qismida yashovchilarga ham ta’sir qilishi haqida ogohlantirmoqda.

Ta’kidlanishicha, issiqxona gazlari chiqarilishi bilan, hatto Yevropa, Sharqiy Afrika va Indoneziyadagi kichik muzliklar ham 2100-yilga kelib bugungi massaning 80 foizidan ko‘pini yo‘qotadi.

Bundan avval Yevropa Kengashi raisi Donald Tusk tog‘li Badaxshon avtonom viloyatidagi Saroz ko‘liga tashrif buyurgandi. U besh dona muzlik allaqachon yo‘q bo‘lib ketgani, suv sathi ko‘tarilganini ta’kidlagan edi.

Tusk iqlim o‘zgarishi – Tojikiston Yevropa ittifoqi bilan birgalikda kurashishi zarur bo‘lgan global masala ekanligini ta’kidlagandi.

Bundan tashqari, Tojikiston hukumati ham muammoga e’tibor qaratdi. Mamlakatni iqlim o‘zgarishiga moslashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiyada aytilishicha, isish tufayli dunyo miqyosidagi falokatlar kutilmoqda.

Markaziy Osiyoning ko‘p qismini toza suv bilan ta’minlaydigan Pomir tog‘ muzliklari asosiy tashvishlardan biri bo‘ldi.

Hukumat prognoziga ko‘ra, muzliklarning erishi natijasida qator falokatlar va tabiiy ofatlar bo‘lishi mumkin. Xususan, yaylovlar maydonining kamayishi, chang bo‘ronlari, chigirtka bosishi, kuchli yomg‘ir va halokatli sel toshqini xavfi oshadi.

Yangiliklar lentasi
0