Tokio Rossiya samolyotlari bois o‘z qiruvchilarini necha marta samoga ko‘tardi - rasmiy bayonot

Obuna bo‘lish
RF Mudofaa vazirligi Rossiyaning strategik raketatashuvchilari hisoblanmish Tu-95MS samolyotlari Janubiy Koreya havo bo‘shlig‘i chegarasini buzmagan, balki Yapon dengizidagi neytral suvlar ustida parvozlarni amalga oshirgan, deb hisoblaydi

TOShKENT, 30 okt - Sputnik, Kseniya Naka. Yapon qiruvchi samolyotlari joriy yil aprel oyidan boshlab Rossiya harbiy samolyotlari tufayli 135 marotaba samoga ko‘tarilgan. Bu o‘tgan yil shu davrga qaraganda uch marotaba kamdir, deb xabar qildi Yaponiya Mudofaa vazirligi shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasi.

Istrebitel NATO popitalsya priblizitsya k bortu ministra oboroni RF S. Shoygu - Sputnik O‘zbekiston
NATO qiruvchi samolyoti nega Shoygu samolyotiga yaqinlashganini tushuntirdi

"Birinchi aprel sanasidan 30-sentabrga qadar (Yaponiyaning o‘z-o‘zini mudofaa qilish harbiy-havo kuchlari) qiruvchilari trevoga tufayli 470 marotaba osmonga ko‘tarilgan. Bu o‘tgan yil shu davrga nisbatan 91-martaga kam. Xususan, qiruvchilar xitoy harbiy samolyotlari tufayli 71%, Rossiya samolyotlari tufayli 29% holatda osmonga ko‘tarilgan. Xitoy harbiy samolyotlariga nisbatan 332-marta favqulodda parvoz e’lon qilingan va bu o‘tgan yil shu davrga nisbatan 13-martaga kam. Rossiya samolyotlari tufayli bunday parvozlar - 135 marotaba e’lon qilingan va bu o‘tgan yilgiga nisbatan 76-martaga kam", - deyiladi shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasi bayonnomasida.

Ko‘rsatilishicha, Yaponiya havo bo‘shlig‘i chegarasi 20-iyun kuni 3ta TU-95 samolyotlari va 23-iyul kuni A-50 samolyoti tomonidan buzilgan.

Strategicheskiy bombardirovshik Tu-95 MS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bombardimonchi sababli Yaponiya qiruvchi samolyotlari osmonga ko‘tarildi

Iyul oyida Janubiy Koreya shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasi mamlakat havo bo‘shlig‘ining Yapon dengizi ustidagi qismi, ya’ni Tokto (Takesima) oroli hududida Rossiyaga tegishli A-50 samolyotlari tomonidan ikki marta chegarani buzish holatlariga yo‘l qo‘yilgani haqida xabar bergan edi. Natijada, Janubiy Koreya HHKga qarashli F-15K va F-16K qiruvchilari trevoga tufayli osmonga ko‘tarilgan. Ular radio-xabarlardan so‘ng 20ta signal raketalarini uchirishgan va pulemet orqali 360ta ogohlantirish o‘qlarini uzganlar. Harbiylar ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Janubiy Koreya havo bo‘shlig‘ida bir marta - 3 daqiqaga yaqin, ikkinchi marta - 4 daqiqa bo‘lgan. Yaponiya bu orollarni o‘ziniki, deb hisoblagani uchun, ushbu hodisalarni o‘z havo bo‘shlig‘ida yuz bergan qoidabuzarliklar qatoriga kiritgan.

RF Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra esa, Rossiyaga qarashli Tu-95MS strategik raketa-tashuvchi samolyotlar Janubiy Koreya havo bo‘shlig‘i chegarasini buzmagan, balki Yapon dengizidagi neytral suvlar ustida parvozlarni amalga oshirgan. Shu bilan birga RF HKK bombardimonlarini go‘yoki "ushlash" uchun osmonga ko‘tarilgan Janubiy Koreya qiruvchilari xavfli manyovrlarni amalga oshirgan va Rossiya samolyotlari yo‘nalishini kesib, ular xavfsizligiga tahdid solgan.

Yangiliklar lentasi
0