14:57 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
71510

AQSH harbiy havo kuchlari Rossiyaning ikki dona Mi-24 hujum vertolyotlarini sotib olish boʻyicha eʼlon tayyorladi.

TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. AQSH Rossiyaning Mi-24 hujum vertolyotlaridan foydalanmoqchi.  

AQSH Harbiy havo kuchlari Rossiyaning Mi-24 vertolyotlarini dushman havo hujumiga qarshi mashqlarda foydalanish uchun sotib olmoqchi. Federal Business Opportunity davlat xaridlari saytida tegishli eʼlon berildi.

Rasmiy maʼlumotga koʻra, kamida ikki dona Mi-24 vertolyot taqdim etilishi kerak. Bundan tashqari, mashinani boshqarishni oʻqitish va texnik koʻrik uchun malakali pilot-instruktorlar topish kerak.

Buyurtmada taʼkidlanishicha, Rossiya vertolyotlari oʻquv mashgʻulotlarda dushman tahdidi va hujumi haqida aniq tasavvur xosil qilishi kerak.

AQShda 18-20 noyabr kunlari dushmanning aviatsiyasiga qarshi oʻquv mashgʻulotlar rejalashtirilgan. Mashqlar Arizona shtatidagi “Devis-Monten” aviabazasida oʻtkaziladi.

Asosiy mavzular