14:45 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
28810

Rossiya va Tojikiston xavfsizlik kengashi kotiblari Nikolay Patrushev va Maxmadali Vatanzoda terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildi.

TOSHKENT, 30 okt – Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengash kotibi Nikolay Patrushev Dushanbeda tojikistonlik hamkasbi Maxmadali Vatanzoda bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qildi Rossiya XK apparati matbuot xizmati.

Muzokarada Patrushev va Vatanzoda Afgʻonistonda terrorchilar faollashuvidan xavotir bildirdi.

Bundan tashqari, tomonlar terrorizm, ekstremizm va uyushgan jinoyatchilik, narotik moddalarni noqonuniy aylanuvi, jangovar mojarolarda qatnashish uchun yoshlarni yollash holatlariga qarshi kurashishda hamkorlik qilish masalalarni muhokama qildi.

“Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashish chogʻida tomonlar xalqaro terrorchi va ekstremistik guruhlarning ushbu mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida faollashayotganidan tashvish bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Patrushev va Vatanzoda harbiy, harbiy-texnikaviy va axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qildi.

Taʼkidlanishicha, maslahatlashuvlar ishtirokchilari BMT, SHHT, MDH va ODKB doirasidagi xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha dolzarb masalalar yuzasidan pozitsiyalarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga kelishib olishdi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Tojikistonga keldi. Tashrif doirasida u respublika prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Asosiy mavzular