00:25 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
780 0 0

Rossiya tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin Al-Bagʻdodiyning oʻlimi haqida xabari yuzasidan izoh berdi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Rossiya Tashqi razvedka xizmati “Islom davlati”* yetakchisi Abu Bakr Al-Bagʻdodiyning oʻlimini tasdiqlaydigan dalillarga ega emas. RIA Novosti xabariga asosan.

Prosmotr zapreщennыx agitatsionnыx materialov
Collage Sputnik / Jeshu John

“100 foiz bilan ishonch bilan aytish uchun bizda genetik material yoʻq”, - dedi xizmat direktori Sergey Narishkin.

AQSH prezidenti Donald Tramp 27 oktyabrda Al-Bagʻdodiy yoʻq qilingani haqida aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, terrorchi AQSH harbiylari maxsus amaliyoti davomida xudkush belbogʻi yordamida oʻldirildi.

Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashev Moskvada Al-Bagʻdodiyning “navbatdagi” yoʻq qilinishini toʻgʻrisida ishonarli maʼlumot yoʻqligini aytgandi.  

Amaq nashri yozishicha, ISHID oʻz yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy oʻldirilganini rasman tasdiqlab, yangi yetakchi nomini maʼlum qildi. Abu Ibrohim al-Hoshimi al-Qurayshi ISHIDning yangi rahbari boʻldi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular