05:04 01 Dekabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
651 0 0

"Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Suriya va Iroqda “falaj” holatda qolgan, oʻz jangarilarini Afgʻonistonga olib borishga harakat qilmoqda.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi Suriya va Iroqda “falaj” holatda qolgan hamda oʻz jangarilarini Afgʻonistonga olib borishga harakat qilmoqda, dedi Eron vitse-prezidenti Eshoq Jahonngiri. RIA Novosti xabariga asosan.

Prosmotr zapreщennыx agitatsionnыx materialov
Collage Sputnik / Jeshu John

Uning soʻzlariga koʻra, ISHID oʻz faoliyatini Afgʻonistonning janubiy qismida oʻz faoliyatini kengaytirmoqchi, bunga xalaqit qilish kerak.

Oʻtgan haftada AQSH prezidenti Donald Tramp “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiy yoʻq qilinganini maʼlum qilgandi.

Trampning soʻzlariga qaraganda, terrorchi AQShning Suriya shimoliy-sharqidagi operatsiyasi natijasida yoʻq qilingan. Amerikalik harbiylardan hech kim jabrlanmagan.

Shuningdek, Tramp maxsus amaliyotning tafsilotlarini ochiqlagan. Maʼlum boʻlishicha, “ISHID” rahbari harbiylardan yer ostidagi tunnelda yashirinishga uringan va oʻzini portlatib yuborgan. Natijada koʻplab terrorchilar yoʻq qilingan. Harbiylar 11 nafar bolani ozod qilishgani aytgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Moskvada ushbu terrorchi yoʻq ilingani haqidagi xabarlarni tasdiqlash uchun ishonchli dalillar yoʻqligini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular