AQShning davlat qarzi miqdori yangi rekord o‘rnatdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishKupuri amerikanskix dollarov.
Kupuri amerikanskix dollarov. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat qarzi miqdori 23 trillion dollardan oshdi va yangi rekord o‘rnatdi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. AQShning davlat qarzi 23 trillion dollardan oshib, yangi rekordni o‘rnatdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston havo yo‘llari yaqin vaqt ichida ulkan qarz to‘lashi kerak – IFC

Donald Tramp mamlakat prezidenti lavozimiga kirishganda qarz 20 trillion dollardan kam edi. Ammo, federal budjet taqchilligi ko‘payishi sababli qarz tez suratlarda o‘sishni boshladi.

2019 yilda defitsit trillion dollarni tashkil qildi. 2017-yilda Tramp va Kongressdagi respublikachilar bilan amalga oshirilgan soliq islohoti o‘n yil ichida budjet kamomadini ikki trillion dollarga ko‘paytirishi kerak. Shuningdek, Mudofaa xarajatlari ham o‘sishni davom etmoqda – Pentagonning bujdeti yiliga 700 milliard dollarni tashkil etadi.

Qarzning umumiy miqdoridan 17 trillioni fuqarolar va moliya institutlari qo‘lida, qolgan 6 trillion federal hukumatning turli institutlari o‘rtasidagi kreditlarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0