Germaniyada tish shifokori jahon rekordini o‘rnatdi - foto

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishRabota klinicheskoy stomatologicheskoy polikliniki
Rabota klinicheskoy stomatologicheskoy polikliniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniyada tish shifokori bemorning 3,7 santimetrli tishini olib tashlab Ginnes rekordlar kitobiga kirdi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Germaniyaning Offenbax shahrida tish shifokori bemorning 3,7 santimetrli tishni olib tashladi va jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda RIA Novosti FNP nashriga asosan xabar qildi.

2018 yilda bemor yuqori jag‘ning shishishi va kuchli og‘rig‘idan shikoyat qilib, tish shifokoriga murojaat qildi.

Rengen tasvir tishlarning birida juda uzun ildizi borligini ko‘rsatdi.

Shifokor Maks Lukas tishni zudlik bilan olib tashlashni tavsiya qildi. Jarrohlik amaliyot o‘tkazilganda shifokor tish ildizi uzunligi rasmda ko‘rsatilganidan ham uzunroq ekanligidan hayratga tushdi.

Tish shifokori Ginnes rekordi qayd etilishi uchun tishni tekshirilishi va kerakli hujjatlarni to‘plashga bir yil sarfladi.

Yangiliklar lentasi
0