13:13 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
1442 0 0

Amerikalik ekspertlar fikriga koʻra, Rossiya "oʻsib borayotgan imkoniyatlari" pozitsiyasidan kelib, chiqib oʻzini agressiv va xatarli tutmoqda

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya Qoʻshma Shtatlar uchun "haqiqiy harbiy xatar" boʻlib qolmoqda, deb yozadi The Heritage Foundation amerika strategik tadqiqot institutining Index of U.S. Military Strength dokladi mualliflari.

Hujjat mualliflari, Moskva Vashingtonga Yevropada oʻz manfaatlarini ilgari surishga halal bermoqda, deb hisoblaydilar.

"Rossiya AQSH va amerikaning Yevropadagi manfaatlari uchun real va xaarli harbiy xatar boʻlib qolmoqda", - deb koʻrsatilgan matnda.

Taʼkidlanishicha, Rossiyaning hatti-harakatlari agressiv boʻlib, mamlakat "oʻsib borayotgan imkoniyatlari" pozitsiyasidan oʻzini "tahdid solayotgandek" tutmoqda.

Ekspertlar shuningdek, Rossiya boshqa derjavalarga qaraganda "AQSH va ittifoqdosh-mamlakatlar hududida koʻplab nishonlarni yoʻq qilishga qodir yirik miqdordagi yadro quroli arsenaliga ega"ligini eslatib oʻtishgan.

Dokladda asosiy eʼtibor Rossiya armiyasining modernizatsiya qilinganiga qaratilgan. Xususan, tadqiqotchilar, Rossiyada S-500 "Prometey" zenit-raketa majmualar tizimi, sputniklarga qarshi kuchli majmualar tizimi va radioelektron kurash vositalari, shuningdek, T-72, T-80 va T-90 tanklari borligini qayd etishgan.

Doklad mualliflari, shuningdek, Xitoyni ham AQSH uchun "eng keng koʻlamli xatar", deb atashgan.

Asosiy mavzular