Turkiya al-Bag‘dodiyning opasini hibsga oldi

© AFP 2023 / OZAN KOSE Tureskie voyennie
Tureskie voyennie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya hukumati Aleppoda al-Bag‘dodiyning opasi va uning oila a’zolarini hibsga oldi - xorijiy OAVlar.

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Turkiya hukumati Islomiy davlat yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning opasi o‘z oilasi bilan birga hibsga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti xorijiy nashrlarga asosan.

Xabarda aytilishga ko‘ra, 65 yoshli Rasmiya Avad dushanba kuni kechqurun Suriya shimolidagi Aleppo viloyatining Azaz shahrida, ekstremist guruh bilan aloqada gumon qilinib hibsga olingan.

“Bunday kishilar razvedka uchun qimmatli manbaa bo‘lishi mumkin. U ID haqida bilgan ma’lumot bizga yanada ko‘proq yaramaslarni qo‘lga olishga yordam berishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Rasmiya Avad bilan birga uning turmush o‘rtog‘i, besh nafar farzandi va kelini ham hibsga olingan. Voyaga yetgan bolalari so‘roq qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp ID yetakchisi Al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani haqida xabar qilgan edi. keyinroq Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu haqida hech qanday aniq ma’lumotga ega emasligini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0