Putin “Vikipediya”ni “Katta rossiya ensiklopediyasi” bilan almashtirishni taklif qildi

© AP Photo / Eric RisbergLogotip Vikipedii
Logotip Vikipedii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Vikipediya"ning Rossiyadagi analogini yaratish uchun 2020-2022 yillarda davlat budjetidan mablag‘ ajratiladi.

TOShKENT,  6 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Vikipediya” onlayn ensiklopediyasini yangi nashrdagi “Katta rossiya ensiklopediyasi” bilan almashtirishni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Vikipediya”ga kelsak... uni “Katta rossiya ensiklopediyasi” bilan almashtirgan ma’qul... Har holda bu zamonaviy shaklda berilgan aniqroq ma’lumot bo‘ladi”, - dedi Putin rus tili Kengashi majlisida.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida 2020 – 2022-yillar davomida “Vikipediya”ning runetdagi analogini yaratish uchun 1,7 milliard rubl ajratilgani haqida xabar qilingan edi. “Katta rossiya ensiklopediyasi” nashri ham bunga o‘z hissasini qo‘shadi.  Ushbu xarajatlar 2020-yilgi davlat budjetiga kiritilgan va 2021-2022 yillardagi budjetlar rejasiga qo‘shilgan.

Yangiliklar lentasi
0