14:29 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Pamyatnik arxitekturы i istorii Lastochkino gnezdo v poselke Gaspra v Krыmu

Amerikalik sobiq diplomat AQShni Qrim Rossiyaniki deb tan olishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Dunyoda
Havola olish
439 0 0

Amerika diplomatik xizmatining sobiq xodimi Dennis Ortblad AQSH Moskva bilan munosabatlarini yaxshilash uchun Qrimni Rossiya qismi deb tan olishi lozimligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Amerika diplomatik xizmatining sobiq xodimi Dennis Ortblad AQSH Moskva bilan munosabatlarini yaxshilash uchun Qrimni Rossiya qismi deb tan olishi lozimligini maʼlum qildi.

“Bizning sanktsiyalaridan farqli oʻlaroq natijada foyda keltiruvchi Rossiyaga nisbatan real siyosat yordamida Rossiya va Gʻarb oʻrtasidagi munosabatlarini yaxshilash vaqti keldi”, - deya yozgan Dennis Ortblad “The National Interest” jurnalida chop etilgan maqolasida.

Xususan, u Moskvaga qarshi sanktsiyalarni qayta koʻrib chiqishni va Qrim Rossiyaniki deb tan olishni taklif qilmoqda.

U Qrim Rossiya hududining qismi deb tan olish oqilona ekanini taʼkidlagan, zeroki hamisha uning aholisining asosiy qismini rus tilida soʻzlashuvchilar tashkil etgan. Qolaversa, u Qrim va Rossiyaning tarixiy birligiga eʼtibor qaratgan.

“Biz Qrim Rossiyaning qismi boʻlib qolishini tan olishimiz kerak. Uning aholisini hamisha ruslar tashkil etgan”, - deya yozgan maqola muallifi.

Qurollanish ustidan nazorat oʻrnatish borasida muzokaralarni qayta tiklash, NATOning rolini qayta koʻrib chiqish va Rossiya va AQSH oʻrtasida talabalar almashish dasturini faollashtirish Rossiya-Amerika munosabatlarining tiklanishi uchun boshqa qadamlar sifatida aytib oʻtilgan.

Asosiy mavzular