14:25 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Most cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana

MDH va Afgʻoniston chegara xizmati rahbarlari Oʻzbekistonda yigʻilish oʻtkazadi

AP Photo / Efrem Lukatsky
Dunyoda
Havola olish
347 0 0

Toshkentda SHHT RATS ilmiy-amaliy konferentsiya oʻtmoqda. Unda MDH chegara qoʻshinlari kengashi muvofiqlashtirish xizmati delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda Markaziy Osiyo, Rossiya va Afgʻoniston chegara xizmati rahbarlari beshinchi yigʻilishi 2020 yil martda oʻtkaziladi. Bu haqda jurnalistlarga MDH chegara qoʻshinlari kengashi muvofiqlashtirish xizmati (CHQKMX) raisi Aleksandr Manilov maʼlum qildi.

Manilov Toshkentda chorshanba kuni ochilgan SHHT mintaqaviy aksilterrorchilik ilmiy-amaliy konferentsiya CHQKMX delegatsiyaga rahbarlik qildi.   

“Markaziy Osiyo mintaqasi MDH davlat chegara xizmati rahbarlari ishtirokida 2020 yil martda Oʻzbekistonda yigʻilish oʻtkaziladi. Shuningdek u yerga Afgʻoniston chegara idorasi vakillarni taklif qilish rejalashtirilmoqda”, - dedi Manilov.

Oʻtgan yigʻilish Dushanbeda shu yilning fevral oyida oʻtkazilgan.

Uning taʼkidlashicha, oʻtgan yil davomida terrorizm tahdidi bilan bogʻliq dinamika katta oʻzgarishlarga duch kelmadi.

“Aksincha, tashvish uygʻotadigan omillar mavjud, ayniqsa afgʻon yoʻnalishida”, - deb taʼkidladi Manilov.

Shuningdek, Afgʻoniston masalasi 2020 aprel Armanistonda MDH cheraga idora rahbarlari yigʻilishida ham koʻrib chiqiladi.

“Afgʻoniston shimoliy viloyatlarida jangarilarning katta guruhi qoʻnim topgan. Bu xavf tugʻdirmoqda, ayniqsa, MDH davlatlarga. Tojikiston, Turmaniston, Oʻzbekiston yoʻnalishida”, - deb qoʻshimcha qildi Manilov.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda yettinchi SHHT RATS ilmiy-amaliy konferentsiya oʻtmoqda.

Asosiy mavzular