13:13 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Mer Kiyeva Vitaliy Klichko

Davlatga xiyonat va oʻgʻrilik: Klichkoga qarshi jinoiy ish ochildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
368 0 0

Ukrainada Kiyev meri Vitaliy Klichko va uning oʻrinbosarlariga nisbatan davlatga xoinlik va mablagʻlarni oʻgʻrilash boʻyicha jinoiy ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Ukrainaning Korruptsiyaga qarshi milliy byurosi Kiyev meri Vitaliy Klichko va uning ikki oʻrinbosariga nisbatan davlatga xoinlik va mablagʻlarni oʻgʻrilash boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi, deb xabar beradi “Ukraina yangiliklari” agentligi. RIA Novosti xabariga asosan

Byuro Oliy korruptsiyaga qarshi sudi talabiga asosan surishtiruv ishlar yagona reyestriga kiritildi.

Ilgariroq Kiyev shahar deputatlar kengashli Klichkoni Shulyav koʻprigini rekonstruktsiyada mansab vakolatini suisteʼmol qilish va  mablagʻni oʻzlashtirishda arz qilishdi. Arizada yozilishida Klichko shahar maʼmuriyati vakillari bilan birga byudjet mablagʻlarini qurilish materiallarini syuqori narxlarda sotib olish uchun sarflashgan.

Bundan tashqari, deputatlar merni jismoniy shaxslar poytaxt byudjeti hisobidan noqonuniy boylik ortirishida koʻmaklashishda gumonlanmoqda.

Keyinchalik sud Tergov byurosiga Klichko va uning oʻrinbosarlari tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarni tergov qilishda, shu jumladan, 111-moddasining 1-qismi (davlatga xiyonat), shuningdek yerlarni oʻzboshimchalik bilan tortib olish, noqonuniy oʻzlashtirish va turar-joy binolarini qonunga xilof rekonstrutsiya qilish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida shikoyat arizasi kelib tushdi.

 

Asosiy mavzular