13:18 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Lider Islamskogo gosudarstva (IG, zapreщena v RF) Abu Bakra al-Bagdadi

Al-Bagʻdodiy vorisi "uzoqqa bormaydi" - AQSH davlat departamenti bayonoti

AFP
Dunyoda
Havola olish
174 0 0

"Agar u Iroqda yoki Suriyada boʻlsa, u bu dunyoda uzoq yashamaydi, deb oʻylaymiz", - dedi jurnalistlarga idoraning yuqori martabali vakili

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. AQSH davlat departamenti "ID" terroristik guruhining yoʻq qilingan yetakchisi Abu-Bakr Al-Bagʻdodiyning vorisi koʻp yashamasliliga ishonch bildirmoqda.

"Agar u Iroqda yoki Suriyada boʻlsa, u bu dunyoda uzoq yashamaydi, deb oʻylaymiz", - dedi jurnalistlarga idoraning yuqori martabali vakili.

Shu bilan birga u, "hozircha hech kim uning kelib chiqishi haqida hech kim bilmasligini" tan oldi va "u hech kimmas, aftidan", deya qoʻshimcha qildi.

"Biz u haqda biroz maʼlumotga egamiz, lekin bu matbuot uchun emas, qolaversa, bu haqda sizlarga gapirishim uchun maʼlumot yetarli emas. Biz ega boʻlgan maʼlumot, bizni taʼsirlantirgani yoʻq", - dedi davlat departamenti mansabdori. Uning soʻzlaridan idora matbuot-xizmati iqtibos keltirgan.

Suriyada al-Bagʻdodiyning xotini qoʻlga olindi >>>

AQSH prezidenti Donald Tramp 27 oktyabr kuni al-Bagʻdodiy yoʻq qilingani haqida eʼlon qilgan edi. Tramp soʻzlariga koʻra, amerika harbiylari Suriyaning Idlib provintsiyasida olib borgan  operatsiya davomida ajal kamarini taqib olgan terrorchi oʻzini portlatib yuborgan. Ammo Bagʻdodiyni "tez va aniq identifikatsiya qilishga muvaffaq boʻlingan". Islomchilarga aloqador Amaq sayti, "ID" oʻz yetakchisi yoʻq qilingani haqidagi xabarni tasdiqlagani haqida xabar berdi.

Asosiy mavzular