13:50 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Kadrы s mesta napadeniya na pogranzastavu na tadjiksko-uzbekskoy granitse

Chegara postiga hujum qilganlarning barchasi Tojikiston fuqarolari boʻlgan - IIV

MVD Tadjikistana
Dunyoda
Havola olish
470 0 0

“Ishqobod” nazoratdan oʻtish punktiga hujum qilganlar orasida ayollar ham boʻlgan, yaqin vaqtlarda guruhning barcha aʼzolari ismi eʼlon qilinadi.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. Tojik-oʻzbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara postiga hujum qilgan jangarilar barchasi Tojikiston fuqarolari boʻlgan, deb maʼlum qildi Tojikiston IIV matbuot kotibi Umarjon Emomali. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

“Hozirgi vaqtda Bosh prokuratura ushbu ish boʻyicha tergov oʻtkazmoqda. Shu kun yakuniga qadar guruhning barcha aʼzolarining shaxsi toʻliq aniqlanadi. Oʻldirilgan va qoʻlga olingan orasida bir nechta ayollar ham boʻlgan”, - deb qoʻshimcha qildi IIV vakili.

Tojikiston kuch ishlatar idoralari 50 %ga jangovar shaylikka oʻtkazilgan.

Eslatib oʻtamiz, 6 noyabr kechasi 20 ga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbedan 60km masofada, oʻzbek-tojik chegarasida joylashgan "Ishqobod" postiga hujum qilib, u yerdan 5 ta avtomat oʻqotar qurolni egallab olishgan edi.

Oʻtkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning 15 nafari yoʻq qilinib, 5 tasi qoʻlga olingan.

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xabariga koʻra, qoʻlga olingan "ID" jangarilari ular teraktni rejalashtirishganini tan olganlar. Ayni vaqtda hodisa yuz bergan joyda tezkor-tergov guruhi tuzilgan, tergov ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular