07:44 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Siluet voorujyonnogo boyevika

ID jangarilari MDH davlatlarida tarqalishga tayyorgarlik koʻrmoqda – Bortnikov

AMER ALMOHIBANY / AFP
Dunyoda
Havola olish
48121

MDH maxsus xizmatlari Afgʻonistonda “Islom davlati”* guruhlari faolligi oshganligini qayd etishdi, ular MDHga tarqalishga harakat qilmoqda.

TOSHKENT, 7 noya – Sputnik. MDH maxsus xizmatlari Afgʻonistonda “Islom davlati”* guruhlari faolligi oshganligini qayd etishdi, ular MDHga tarqalishni rejalashtirishgan. Bu haqda payshanba kuni Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov maʼlum qildi.

“Biz Afgʻonistonda ID boʻlinmalari oʻsib borayotgan faoligini qayd etamiz, ular “Viloyat Xuroson” deb nomlangan uyushmaga birlashgan. Ular “Jamoat Ansurallox” va “Sharqiy Turkiston islom harakati” bilan yaqin hamkorlikda harakat qilishmoqda. Ularning maqsadi – MDH hududiga tarqalish (eskpansiya) uchun tayanch nuqtasini yaratish”, - deb taʼkidladi Bortnikov MDH maxsus xizmat rahbarlari kengashi yigʻilishida.

Uning maʼlumotlariga koʻra, bu ekspansiya Markaziy Osiyo davlat respublikalari fuqarolaridan boʻlgan jangarilar hisobiga amalga oshiriladi degan taxmin mavjud.

Bortnikovning soʻzlariga koʻra, terrorchilar Suriya va Iroq hududida magʻlubiyatga uchraganliklarini anglab yetmoqda va shu sababli Yaqin Sharqdan tashqariga qolgan kuchlarini olib chiqmoqdalar. Ular Osiyo, Afrika yangi notinch zonalarni yaratib, Yevropada “uxlagan” yacheykalar tarmogʻini shakllantirmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Asosiy mavzular