22:34 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Xurma Korolek

Kimlarga xurmo yeyish mumkin emas?

© Sputnik / Nina Zotina
Dunyoda
Havola olish
165210

Parhezshunos shifokorlar xurmoning foydali xususiyatlari haqida soʻzlab berishda hamda qaysi holatlarda undan voz kechish maʼqulligini aytishdi.

TOSHKENT, 7 noyab – Sputnik. Parhezshunos shifokorlar xurmoning foydali xususiyatlari haqida soʻzlab berishda hamda qaysi holatlarda undan voz kechish maʼqulligini aytishdi. Bu haqda “Vechernyaya Moskva” nashri xabar qildi.

Fitoterapevt, nutritsiolog Anjelika Dyuval xurmoda koʻplab foydali moddalar, xususan, A, B va C vitaminlari borligini taʼkidladi.

Abrikos
© Sputnik / Vsevolod Tarasevich

“Bu ayniqsa kuzda zarur boʻlgan vitaminlardir. Ular immunitet, asab tizimini saqlab turishadi, organizmni turli xil infektsiyalardan himoya qilishda yordam berishadi”, - dedi shifokor.

Shifokor xurmoni haftada ikki-uch marta isteʼmol qilishga chaqirdi. Mevani yangi uzilgan holida yeyish koni foyda.

“Xurmodagi yod va temir juda muhim. Ular inson organizmiga yilning istalgan vaqtida zarur”, - deya taʼkidladi Dyuval. U kamqonlik (anemiya) va yurak-qon tomir xastaliklaridan aziyat chekayotganlarga xurmo isteʼmol qilishni maslahat bergan. Bundan tashqari, xurmo tarkibida kam kislota boʻlgani bois u oshqozon ichak yarasi kasalligiga chalinganlarga zarar qilmaydi.

Biroq, fitoterapevta soʻzlariga koʻra, bu mevani oshqozon osti bezi muammosiga duch kelganlar va buyragida toshi boʻlganlarga isteʼmol qilish taqiqlanadi. Chunki meva peshob haydash xususiyatiga ega.

Yana bir parhezshunos shifokor Natalya Proxorova xurmoning foydali jihatlarini sanab oʻtdi.

“Bu meva uzumdan farqli oʻlaroq toʻqimalarga ega, lekin yuqori kaloriyali”, - dedi shifokor.

Uning soʻzlariga qaraganda, qand kasalligida xurmoni isteʼmol qilishni cheklash zarar. Sutkada bir dona xurmo yeyish mumkin. Chunki koʻp miqdordagi xurmo insulin chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sogʻlom kishilar kuniga qoʻrqmasdan ikki yoki uch dona xurmo yeyishlari mumkin.

Eng foydali quritilgan meva – parhezshunos-shifokor maslahati

Eslatib oʻtamiz, avvalroq shifokorlar kuzda eng foydali boʻlgan uchta mahsulotni aytishgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular