20:10 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Sud Trampga xayriya tashkilotlariga 2 mln $ toʻlash majburiyatini yukladi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Dunyoda
Havola olish
80 0 0

Nyu-York Oliy sudi AQSH prezidenti zimmasiga bir necha xayriya tashkilotlariga 2 mln dollar toʻlash majburiyatini yukladi.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Nyu-York shtati Oliy sudi AQSH prezidenti Donald Tramp zimmasiga bir necha xayriya tashkilotlarga 2 mln dollar toʻlash majburiyatini yukladi. Donald J. Trump Foundation xayriya fondiga qarshi daʼvo arizasi shtat bosh prokuroturasi tomonidan kiritilgan. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar qildi.

Shtat bosh prokuroturasi fonddan Trampning xayriya fondi tomonidan yigʻilgan va keyin uning 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasiga berilgan mablagʻlarni talab qilgan. Sudning hal qiluv qarorida taʼkidlanishicha, garchi mablagʻlar keyinchalik xayriya maqsadida sarflangan boʻlsada, uning avvaliga xayriyaga yigʻilib, saylov kampaniyasiga berilgani qonun buzilishi boʻlgan.

Bosh prokuror 2,8 mln dollar toʻlash daʼvo arizasini kiritgan edi. Sud daʼvoni qisman qanoatlantirdi va AQSH prezidenti zimmasiga 2 mln dollar toʻlash majburiyati yukladi.

Asosiy mavzular