08:25 17 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.77
  • EUR10438.70
  • USD9539.16
Dunyoda
Havola olish
395 0 0

Hozirda ekspertlar dronning singan boʻlaklarini oʻrganishmoqda. Natijalar keyinroq maʼlum qilinishi aytilmoqda.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Eronda xorijiy uchuvchisiz uchish apparati urib tushirildi. Bu haqda RIA Novosti Eronning IRNA agentligiga tayanib xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, hodisa 8 noyabr, juma kuni ertalab mamlakatning janubiy-gʻarbidagi Mahshahr portida roʻy bergan.

Hozirda ekspertlar dronning singan boʻlaklarini oʻrganishmoqda, natijalar keyinroq maʼlum qilinadi.

Mamlakat armiyasi dron urib tushirilganini tasdiqlagan.

Dron qaysi mamlakatga tegishli ekani ochiqlanmayapti.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyida AQShning razvedka qiluvchi RQ-4 Global Hawk dronini urib tushirgan edi.

Asosiy mavzular