23:22 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Turetskiy flag

Turkiya "Islom davlati" jangarilarini Yevropaga yuborish bilan tahdid qilmoqda

© Flickr / Matt Czarnocki
Dunyoda
Havola olish
555 0 0

Turkiya IIV rahbari soʻzlariga koʻra, Turkiya qamogʻida 1,2 ming nafar jangari saqlanmoqda, yana 287 nafari Suriya shimolida amalga oshirilgan harbiy operatsiyada qoʻlga olingan.

TOSHKENT, 8 noya - Sputnik. Turkiya "Islom davlati" jangarilarini oʻz vatanlariga qaytarishni rejalashtirmoqda, deb bayonot qildi mamlakat IIV rahbari Suleyman Soylu.

"Biz ularga (Yevropaga) "Biz sizlarga bu odamlarni qaytaramiz", dedik va bu ishni dushanbadan boshlab amalga oshiramiz", - degan Soylu.

Soylu sal oldin ham Turkiya asir olingan "ID" terroristik tashkiloti jangarilarini ular Yaqin Sharqga kirib kelgan manzil - Yevropaga qaytarishi haqida maʼlum qilgan edi.

Soylu taʼkidiga koʻra, Turkiya qamogʻida 1,2 ming nafar jangari saqlanmoqda, yana 287 nafari Suriya shimolida amalga oshirilgan harbiy operatsiyada qoʻlga olingan.

Asosiy mavzular