22:15 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Tojikiston rasmiylari yana ikki harbiy halok boʻlganini tasdiqladi

© MVD Tadjikistana
Dunyoda
Havola olish
76100

Soʻgʻd viloyati rasmiylari chegara postida jangarilar hujumi oqibatida yana ikki harbiy halok boʻlganini tasdiqladi. Respublika IIV sukut saqlamoqda.

TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Tojik-oʻzbek chegarasidagi "Ishqobod" postiga qilingan hujum qurbonlari haqida yangi tafsilotlar maʼlum boʻldi. Jangarilar tomonidan oʻldirilgan harbiylar soni besh nafarni tashkil qildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston viloyat xokimligi vakillariga asosan.

Xabarda aytilishicha, kapitan Dilovar Tolibov dafn marosimi Kanibodomda, oddiy askar Xofizjon Xusaynov esa Panjikentda boʻlib oʻtdi. Unda Soʻgʻd viloyati xokimi oʻrinbosarlari, shahar merlari, chegara xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Kanibodom shahri meri oʻrinbosari Asror Gufonzoda Sputnik Tojikiston bilan suhbatda Dilovar Tolibovning dafn marosimi 7 noyabr soat 10 da boʻlganligini maʼlum qildi. Unda Kanibodom rahbari Zafarbek Davlatzoda va Soʻgʻd viloyati raisi oʻrinbosari Rustam Karimzoda ishtirok etdi.

“Dilovar Tolibov Konibodom shahridagi Kazokon qabristonida dafn etildi”, - dedi Gufonzoda.

Zobit Dilovar Tolibov 29 yoshda edi. 2014 yil harbiy bilim yurtini bitirgandan soʻng chegara qoʻshinlariga xizmatini davom etish uchun yuborilgandi.

Panjikent shahri Faryëb jamoati rahbari Amonqul Xamroyev Sputnik Tojikiston’ga Xofizjon Xusaynov dafn etilgani haqida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, janozada Soʻgʻd viloyati rahbari birinchi oʻrinbosari, Panjikent shahri meri Islom Ziyozoda, chegara xizmati boshligʻi oʻrinbosari ishtirok etdi.

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi dastlab ikki nafar xodim: Izzatullo Abubakr va Bahrom Shahzoda halok boʻlgani haqida xabar qilgandi. Bundan tashqari, yana bir xodim Gʻanijon Davlat oʻldirilgani haqida aytildi.

Tojikiston huquq-tartibot idoralari qurbonlar toʻgʻrisida maʼlumotni tasdiqlamadi yoki rad etmadi.

Hodisadan soʻng ikki kun davomida bu mudhish fojia haqida batafsil maʼlumot Tojikiston rasmiy idoralari saytlarida berilmadi.

Asosiy mavzular