14:56 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
827 0 0

“Vatandoshlardan qaysi biriga ishonch bildirasiz va kim obroʻga ega” degan savolga soʻrovda ishtirok etganlarning aksariyati Rossiya yetakchisi familiyasini aytishgan.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisining ishonch reytingida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni ortda qoldirdi. Soʻrov natijalari Ukraina kelajak instituti va “Zerkalo nedeli” (“Hafta koʻzgusi”) nashrining birgalikdagi tadqiqoti hisobotida keltirilgan.

Soʻrov natijalarga koʻra, Putin Ukrainaning nazorat ostidan chiqib ketgan Lugans va Donetsk viloyatlari aholisining ishonch reytingida birinchi oʻrinni egallagan.

“Vatandoshlardan qaysi biriga ishonch bildirasiz va kim obroʻga ega” degan savolga soʻrovda ishtirok etganlarning aksariyati Rossiya yetakchisi familiyasini aytishgan. Vladimir Putinga 11,2 foiz kishi ovoz bergan.

Ukraina ishonch reytingidagi ikkinchi pogʻona rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyëvga nasib etdi – u 9,1 foiz ovoz toʻplagan.

Shu bilan birga, Donbass aholisining atigi 1,3 foizi Vladimir Zelenskiyga ishonch bildirishini maʼlum qilgan.

Soʻrov Donbass aholisi oʻrtasida joriy yilning 7 oktyabridan 31 oktyabriga qadar oʻtkazilgan. Tadqiqotda 1,6 mingdan ziyod kishi ishtirok etgan.

Asosiy mavzular