09:04 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
67210

Ommaviy noroziliklardan soʻng 10 noyabr kuni Boliviya prezidenti Evo Morales isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Boliviyada namoyishchilar sobiq prezident Evo Moralesning uyiga bostirib kirishdi. Namoiyshchilar uyni agʻdar-toʻntar qilishdi.

Uy agʻdar-toʻntar qilingan: mebel va oynalar sindirilgan va devorlar chizib tashlangan.

Video “Evo Morales uyi talon-taroj qilinib, vayron qilindi”, - degan izoh bilan joylashtirildi.

Ommaviy noroziliklardan soʻng 10 noyabr kuni Boliviya prezidenti Evo Morales isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Unda keyin vitse-prezident Alvaro Garsia Linera, senat rahbari Adriana Salvatyerra va boshqalar ishdan ketdi.

Boliviya senat raisi iikinchi oʻrinbosari, muholifat vakili Janin Anyes mamlakat rahbari vakolatlari unga oʻtganini maʼlum qildi.

Boliviya politsiyasiga sobiq prezidentni hibsga olish haqida buyruq berildi. Morales esa uni noqonuniy deb hisoblamoqda.

Asosiy mavzular