04:07 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
644 0 0

Hindistonning Assam shtatida besh kishining umriga zomin boʻlgan fil ushlandi. Soʻnggi besh yil davomida Hindistonda fillar hujumlaridan ikki mingdan ortiq kishi halok boʻldi.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Hindistonning Assam shtatida besh kishini oʻldirgan fil ushlandi, deb xabar qildi RIA Novosti NDTV telekanaliga asosan.

Oktyabr oyida fil qishloqda besh kishini oʻldirdi. Bir oy davomida qishloq aholisi uydan chiqishga qoʻrqishgan.

Filni ushlash operatsiyasi dushanba kuni amalga oshirildi. Endi ushlangan fil tabiat qoʻriqxonasiga topshiriladi.

NDTV kanalining xabar berishicha, 2006 yilda "Al-Qoida" terrorchilik faoliyati kuchayishi munosabati bilan bin Lodin laqabini dargʻazab fillarga berish amaliyoti boshlandi.

Xususan, xuddi shu laqabli bitta fil oʻnlab odamlar umriga zomin boʻlgandi, bu fil otib oʻldirildi.

Statistikaga koʻra, soʻnggi besh yil ichida Hindistonda fillar hujumlaridan ikki mingdan ortiq kishi halok boʻldi. 2011 yildan beri fillar oʻlimi soni 700 ga yetdi.

Asosiy mavzular