Putin SA podshohiga sovg‘a qilgan lochin uchun Qirg‘izistonga minnatdorchilik bildirildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin na seremonii ofitsialnoy vstrechi s korolem Saudovskoy Aravii Salmanom ben Abdel Aziz al Saudom
Prezident RF Vladimir Putin na seremonii ofitsialnoy vstrechi s korolem Saudovskoy Aravii Salmanom ben Abdel Aziz al Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi 14-oktabrda Saudiya Arabistoni podshohiga Qirg‘izistondan keltirilgan “Alfa” laqabli lochinni sovg‘a qildi. Ertasi Abu-Dabi valiahd shahzodasi xuddi shunday sovg‘ani oldi.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Rossiya tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Dmitriy Kobilkin Qirg‘izistonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz As-Saud va Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zaid al-Naxayonga sovg‘a qilgan lochinlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.

Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar vazirligi xabar qilishicha, 8-noyabrda Bishkekda Kobilkin va Qirg‘iziston atrof muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi davlat agentligi direktori Mirslav Amanqulov atrof-muhit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Kobilkin Qirg‘izistonning vakolatli xizmatlariga mas’uliyatli missiya o‘z vaqtida malakali bajarilgani, “Muras” Rossiya-Qirg‘izston lochin markazidan Saudiya Arabistoni podshohi va Abu-Dabi valiahd shahzodasiga lochinlarni sovg‘a qilish uchun ruxsatnomalar berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Lochinlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaqin Sharqqa amalga oshirilgan rasmiy tashrifi paytida taqdim etdi.

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta RF V. Putina v OAE
Putin SA podshohiga sovg‘a qilgan lochin uchun Qirg‘izistonga minnatdorchilik bildirildi - Sputnik O‘zbekiston
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V. Putina v OAE

Ikkila lochin Issiq-ko‘ldagi “Muras” markazida yetishtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0