Rossiya AQShni “o‘n marta” yer bilan yakson qilishga qodir – Xitoy OAVlari

© Fotolia / Romolo TavaniYaderniy vzriv
Yaderniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maqola mualliflari Rossiya o‘zini AQShga nisbatan “o‘zini qo‘pol tutishda” davom etayotgani va Amerika hukumatini dovdiratib qo‘yayotganini ta’kidlashgan.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya AQShni kamida “o‘n marta” yer bilan yakson qilishga qodir, deya yozadi Xitoyning Sohu nashri. RIA Novosti maqolani tarjima qildi.

Maqolada qayd etilishicha, Rossiya o‘zining ulkan yadroviy zaxiralari tufayli shunday imkoniyatga ega. Xususan, Rossiya yadro quroli, ularni yetkazib berish vositalari, yadro quroli uchun boshlang‘ich maydoncha, jumladan, Tu-160 samolyotlari, ballistik raketalarga ega.

Vizit prezidenta RF V. Putina v Turkmeniyu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya dunyoda hech kimda yo‘q qurolni yaratdi – Putin

Xitoy nashri Rossiyaning suv osti “Borey” ballistik raketalariga alohida e’tibor qaratgan.

Maqola mualliflari Rossiya AQShga nisbatan “o‘zini qo‘pol tutishda” davom etayotgani va Amerika hukumatini dovdiratib qo‘yayotganini ta’kidlashgan.

“Dunyodagi vaziyat shunaqaki, Qo‘shma shtatlarning ta’siri pasaymoqda, va Rossiya kelajakda o‘z ustunligini qayta tiklashi mumkin”, - deya yoziladi maqola matnida.

Ta’kidlanishicha, AQSh Suriya va Ukrainadagi vaziyat borasidagi ziddiyat tufayli Rossiyaga “zarba berishi” mumkin edi. Biroq amerikaliklarni ehtimoliy javob zarbasi to‘xtatib turibdi.

Maqola mualliflarining fikriga ko‘ra, NATOga a’zo mamlakatlar kuch qo‘llashda juda ehtiyotkor bo‘lishlari zarur, zeroki bu falokatga olib kelishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0