13:28 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Mnogotselevoy istrebitel MiG-31 s giperzvukovoy raketoy Kinjal

FXX generali kontrrazvedka yangi qurol yaratishga qanday yordam berganligini aytdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Dunyoda
Havola olish
115321

Rossiya kontrarazvedka xodimlari mamlakatda eng zamonaviy qurollarni yaratish boʻyicha ish olib borilayotgan vaqtdan xorijiy maxsus xizmatlari diqqatini chalgʻitishdi.

TOSHKENT, 13 noya – Sputnik. 2000 yillar boshida Rossiya kontrarazvedka xodimlari mamlakatda eng zamonaviy qurollarni yaratish boʻyicha ish olib borilayotgan vaqtdan xorijiy maxsus xizmatlari diqqatini chalgʻitishdi, deb taʼkidladi FXX general polkovnigi Aleksandr Bezverxniy. RIA Novosti xabariga asosan.

Uning soʻzlariga koʻra, oxir oqibatda xorijiy “hamkasblar”da “qaysidir bosqichda, ularda "hamma narsani bilishi va egalik qilishi" degan taassurot paydo boʻldi”.

Bu fikr Vladimir Putin Rossiyaning yangi qurollar turlari yaratilganini eʼlon qilgan tarixiy nutqiga qadar davom etdi.

General taʼkidlashicha, 2000 yillarning boshlarida harbiy kontrrazvedka asosiy vositalardan biri boʻlib, uning yordamida Rossiya armiyasini jonlantirilib, kuchaytirildi. Xususan, armiyada xorijiy agentlarining paydo boʻlishi oldini olindi.

Uning soʻzlariga koʻra, gʻarbiy razvedkasi 2000-2015 yillarda harbiy xizmatchilarni yollashga harakat qilgan.

"Ammo ular muvaffaqiyatga erisha olmadilar ... Biz faol tadbirlar oʻtkazdik - sodda qilib aytganda,"podstava", biz yaratgan tezkor vaziyatlar bilan ular eʼtiborini chalgʻitdik", - dedi general.

Prezident Vladimir Putin oʻtgan yilning 1 martida Federal majlisiga yoʻllagan murojaatnomasida Rossiya strategik qurollarining eng zamonaviy turlari - "Xanjar", "Avangard", "Burevestnik" gipertovushli raketa majmulari, "Peresvet" jangovar lazeri, shuningdek "Poseydon" atom suv osti droni haqida maʼlum qilingandi.

Asosiy mavzular