17:58 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Rossiya Xitoy va JAR bilan dengiz mashgʻulotlarini oʻtkazadi

© Sputnik / Pavel Lvov
Dunyoda
Havola olish
330 0 0

Rossiya va Xitoy 2012 yildan buyon muntazam ravishda hamkorlikdagi manyovrlarni oʻtkazadi. Ammo Janubiy Afrika bu oʻquvlarda ilk bor ishtirok etmoqda

TOSHKENT, 14 noya - Sputnik. Rossiya Xitoy va Janubiy Afrika ishtirokida dengiz qaroqchilari va terrorchilarga qarshi dengiz mashgʻulotlari noyabr oyi oxirida Keyptaun yaqinida oʻtkaziladi, unga Rossiya raketa tashuvchi kreyseri "Marshal Ustinov" jalb etilishi kutilmoqda, deb xabar qildi payshanba kuni RF Shimoliy floti matbuot-xizmati.

Qabul qiluvchi tomon - Janubiy Afrika harbiy-dengiz flotidir. U Saymon-Taun port shahri yaqinida joylashgan. JAR Mudofaa vazirligi vakili bayonotida taʼkidlanishicha, ushbu hamkorlikdagi tadbirning asosiy maqsadi "dengiz iqtisodiyotini" rivojlantirish, shuningdek, "ishtirokchi davlatlar harbiy-dengiz flotlari oʻrtasida hamkorlikni va aloqalarni mustahkamlashdan" iborat.

Hozircha na jangovar kemalar turlari, na ularning umumiy soni haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Bu uch davlat oʻz saflarida rivojlanayotgan iqtisodga ega boʻlgan mamlakatlarni birlashtiruvchi BRIKS guruhiga kiradi. Rossiya va Xitoy 2012 yildan buyon muntazam ravishda hamkorlikdagi manyovrlarni oʻtkazadi. Ammo Janubiy Afrika bu oʻquvlarda ilk bor ishtirok etmoqda.

Asosiy mavzular