07:04 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
496 0 0

Avvalroq Yelisey saroyi “normand shaklidagi” (Rossiya, Ukraina, Germaniya, Frantsiya) davlat rahbarlari uchrashuvi 9 dekabr kuni Parijda boʻlib oʻtishini maʼlum qilgan edi.

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. “Normand shaklidagi” sammit 9 dekabr kuni boʻlib oʻtadi, tadbirga tayyorgarlik koʻrish jarayoni oʻz nihoyasiga yetmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

“Kunning ikkinchi yarmida xalqaro telefon suhbatiga oid maʼlumot beramiz. U aynan 9 dekabrda rejalashtirilgan “normand shaklidagi” sammitga tayyorgarlik koʻrish bilan koʻproq bogʻliq. Tayyorgarlik koʻrilmoqda va oʻz nihoyasiga yetib qolgan”, - deya Peskov soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

U rejalashtirilgan sammitda biror bir hujjatni imzolash toʻgʻrisida hozirdan gapirish erta ekanini taʼkidlagan.

Ukraina boʻyicha “normand shaklidagi” muzokaralar 2014 yil iyun oyidan buyon mavjud. Sammitda Donbassdagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular