Rossiya Iroqdan 30 nafardan ziyod bolalarni qaytardi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishSamolet
Samolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bolakaylar Bolalar salomatligi milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markaziga joylashtirilgan. Keyinchalik ular Rossiyaning 13 ta mintaqasiga qarindoshlarining oldiga yuboriladi.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus reysi bilan Bog‘doddan Moskvaga ota-onalari “Islom davlati”* terroristik guruhiga qo‘shilib ketgan 32 nafar bola olib kelindi. Ular bir va uch yoshlarda.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bolakaylar Bolalar salomatligi milliy tibbiyot ilmiy-tadqiqot markaziga joylashtirilgan.

GUVD Tashkenta rasskazalo o sudbe troix detey, vozvrashennix iz Iraka - Sputnik O‘zbekiston
Iroqdan olib kelingan 2 nafar nogiron bolalarni tog‘asi asrab oldi

RIA Novostining yozishicha, Rossiya prezidenti huzuridagi bola huquqlari bo‘yicha ombudsmen Anna Kuznetsova jurnalistlarga keyinchalik bolalar Rossiyaning 13 ta mintaqasiga qarindoshlarining oldiga yuborilishini aytgan.

Bugungi kunda Iroqda topilgan voyaga yetmagan 122 nafar bola olib kelingan. Ular orasida 1 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar bor.

Anna Kuznetsovaning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi qamoqxona va lagerlarda yana qariyb 150 nafar bola bo‘lishi mumkin. Ulardan 49 nafarining DNK tahlili Rossiya fuqarolari bilan qarindoshlik aloqalari borligini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelingan edi. 

Keyin “Mehr-2” insonparvarlik amaliyoti doirasida Iroqdan o‘zbekistonlik 64 nafar bola maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelingan edi.

* “Islom davlati” (IShID, ID) – *Rossiya va qator boshqa davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0